
“Manchester Siti” yana bir katta transferga qo‘l urmoqda
Mavsumni nufuzli sovrinlarsiz yakunlagan “Manchester Siti” yozgi transferlar bozorida ham faollik ko‘rsatdi. Xosep Gvardiola tarkibni qayta shakllantirish ishlarini davom ettiradi.
Jurnalist Jorje Nikolaning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” Italiya chempionatidan yangi o‘yinchi topdi. “Atalanta” yarim himoyachisi Ederson Lourensoning harakatlari Xosep Gvardiolaga ma’qul kelgan.
Ayni paytda tomonlar 25 yoshli braziliyalik o‘yinchi bo‘yicha muxzokaralarni boshlab yuborgan. Bu transfer manchesterliklarga 70 million evro atrofida tushishi mumkinligi aytilmoqda.
Shunda ham “Manchester Siti”ga bu futbolchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Chunki Edersonga da’vogarlik qilayotgan klublar qatoriga “Bavariya”. “Liverpul” hamda “Manchester Yunayted” ham qo‘shilgan.
Ederson yakunlangan mavsumda bergamoliklar safida barcha turnirlarda 49 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga beshta gol va ikkita assist rasmiylashtirdi.
Fikrlar