"Manchester Siti" Xvicha uchun "Liverpul" bilan kurashadi

  • 18 yanvar, 2023, 15:59
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli"dagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozongan Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Daily Mail" nashri tarqatgan xabarga qaraganda, gruziyalik futbolchi "Manchester Siti" radariga tushgan. "Shaharliklar" uni mavsum avvalida jamoadan ketgan Raxim Sterlingga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq, Xvichaga "Liverpul" jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilgandi. EChL guruh bosqichi doirasidagi o‘yinlardan so‘ng mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp shunday qarorga kelgan.

21 yoshli Kvaratsxeliya joriy mavsum neapolliklar safida 26 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 gol va 15 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!