"Manchester Siti" Turkiya chempionatidan futbolchi olishi mumkin

  • 1 may, 18:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" Turkiyaning "Galatasaray" jamoasi yarim himoyachisi Gabriel Sara transferi masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda UOL nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, hozircha klub vakillari o‘rtasida rasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tmagan, "shaharliklar" futbolchini kuzatishmoqda. Sara 2018 yildan beri "Galatasaray" safida to‘p surmoqda, u "Norvich"dan 18 million evro evaziga Istanbul klubi safiga qo‘shilgan. "Transfermarkt" portali uning transfer narxini 22 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda 25 yoshli braziliyalik futbolchi 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi, 8 ta golli uzatma berdi. Uning jamoasi chempionat jadvalida 5 ochko farq bilan "Fenerbaxche"dan ilgarilab, birinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!