
"Manchester Siti" Sterlingga haftasiga yarim million evro maosh taklif qilmoqchi
“Manchester Siti” klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Raxim Sterling bilan yana uzoq yillar hamkorlik qilmoqchi.
Daily Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” 24 yoshli to‘purarga uzoq yillik shartnoma taklif qilishmoqchi. Agar ushbu kelishuv imzolansa, Sterling haftasiga 520 ming evro maosh olishi mumkin.
Taqqoslash uchun, Raximning amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan va unga ko‘ra haftasiga 350 ming evro maosh olmoqda.
Ma’lumot uchun, Sterling joriy mavsum APLda 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar