
"Manchester Siti" "Real"ning oshiga sherik bo‘lmoqchi
"Bayer" klubi a’zosi Florian Virts uchun kurashga "Manchester Siti" ham qo‘shildi. O‘tgan yildagi ajoyib o‘yinlari sabab "Real" ham unga qiziqib kelayotgan edi.
Bir nechta ishonchli manbalarning ko‘ra, "qirollik klubi" yozda futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Germaniyalik futbolchi uchun Pep Gvardiola boshchiligidagi "shaxarliklar" ham kurashga kirishdi. Ingliz klubi 21 yoshli hujumkor yarim himoyachi uchun Peresdan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashga tayyorligini ham bildirgan.
Virtsning "qora va qizillar" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘jallangan bo‘lib, uning "Transfermarkt"dagi narxi 130 million evro.
Eslatib o‘tamiz, Florian bu mavsum Germaniya chempionatida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. UEFA Chempionlar Ligasida esa 4 ta o‘yinda harakat qilib, 3 ta gol urishga ulgurdi.
Fikrlar