“Manchester Siti”: Qolsang, katta maosh olasan!
“Manchester Siti” rahbariyati amaldagi “Oltin to‘p” sohibi Rodri bilan hamkorlikni 2029 yilning 30 iyunigacha uzaytirishga qaror qildi.
Ispan futbolchisiga “Real”dan bo‘layotgan jiddiy qiziqishni inobatga olib, “shaharliklar” yangi bitim imzolash jarayonini tezlashtiradigan bo‘ldi.
29 yoshli yarim himoyachining amaldagi bitimi 2027 yilning yozigacha tuzilgan edi. Endi bu muddat ikki yilga uzaytiriladi.
Agar Rodri taklifni qabul qilsa, jamoada eng katta maosh oladigan o‘yinchilar reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tariladi. “Manchester Siti” jamoa futbolchilari orasida eng ko‘p xizmat haqini Erling Xolandga to‘lab keladi.
Rodri Manchesterga 2019 yili kelgan. O‘tgan mavsumda og‘ir jarohat olgan futbolchi uzoq muddat davolanishga majbur bo‘ldi.
Angliya va Ispaniyadagi manbalarning ma’lum qilishicha, Rodrining o‘zi ham “Real”dan bo‘layotgan chorlovlarga qaramay, faoliyatini Xosep Gvardiola qo‘l ostida davom ettirishni ma’qul ko‘rmoqda.



Fikrlar