
"Manchester Siti" qishda sotib olgan futbolchisini sotmoqchi
Niko Gonsales "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin.
Ingliz klubi yaxshi taklif bo‘lsa, 23 yoshli yarim himoyachini sotib yuborish variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Xavbek bilan xayrlashish boshqa klublarning takliflariga bog‘liq, ammo ispaniyalik futbolchi endi "shaharliklar"ga unchalik kerak emas, deb hisoblanmoqda. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Niko Gonsales faqat bitta o‘yinda maydonga tushib, "Al-Ayn"ga qarshi 61 daqiqa o‘ynadi.
"Manchester Siti" yarim himoyachini fevral oyida "Portu"dan 60 million evroga sotib olgandi.
Fikrlar