“Manchester Siti” O‘zbekiston g‘alabasiga qanday munosabat bildirdi?
Angliya Premer-ligasi va Evropa Chempionlar ligasida muvafaqqiyatli qatnashayotgan “Manchester Siti” bir necha futbolchilarini noyabr oyidagi FIFA kunlari munosabati bilan terma jamoalar ixtiyoriga jo‘natgan.
Klub mutasaddilari “shaharlik” o‘yinchilarning xalqaro miqyosdagi ishtiroklarini sinchkovlik bilan kuzatib boryapti.
“Manchester Siti”ning rasmiy sayti – mancity.com klub vakillarining o‘z mamlakatlari terma jamoalaridagi o‘yinlariga munosabat bildirdi.
- Jamoa himoyachisi Yoshko Gvardiol jahon chempionatining saralash turi doirasidagi uchrashuvda Xorvatiya terma jamoasi Farer orollari futbolchilari ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabasiga o‘z goli bilan hissa qo‘shdi.
Xorvatiya 2026 yilgi mundialning saralashidan muddatidan oldin muvaffaqiyatli etgan va AQSh, Meksika va Kanadada bo‘ladigan jahon chempionati yo‘lida mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.
Niderlandiya terma jamoasi ham kelasi yil yozda bo‘ladigan eng nufuzli turnirdan joyini deyarli kafolatlab qo‘ydi. “Manchester Siti” vakili Tijani Reynerds terma jamoasining Polsha bilan o‘yinda qimmatli bir ochko olishiga katta hissa qo‘shdi – 1:1.
Durangdan keyin niderlandiyaliklar raqibga birinchi o‘rinni tortib olish imkonini qoldirmadi va “G” guruhidagi peshqadamlik mavqeini saqlab qoldi.
Abduqodir Husanov O‘zbekistonning Misr terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan o‘rtoqlik uchrashuvida 90 daqiqa harakat qildi va 2:0 hisobidagi g‘alabada ishtirok etdi.
Har ikki terma jamoa 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olib bo‘lgan. Husanovning jamoasi Birlashgan Arab Amirliklaridagi xalqaro turnir doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda mundialga tyyorgarlikni kuchaytirganini namoyish qildi.
Bahsda Oston O‘runov ikkita gol urdi, Abduqodir Husanov esa, “Siti”dagi jamoadoshi Umar Marmushsiz o‘ynagan misrliklar jamoasiga qarshi bahsda O‘zbekistonning o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishini ta’minladi.
O‘z navbatida, Riko Lyuis 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan Angliya terma jamoasi safida yoshlar o‘rtasidagi Evropa chempionati doirasida Irlandiyaga qarshi o‘tgazilgan uchrashuvda qatnashdi va angliyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi, - deb yozdi mancity.com sayti jurnalisti Jonatan Smit.
Eslatib o‘tamiz, Fabio Kannavaro bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Al-Ain International Cup-2025 musobaqasining finalida Eron futbolchilari bilan kuch sinashadi. Eronliklar birinchi uchrashuvda Kabo-Verde bilan bilan golsiz durang o‘ynadi va penaltilar seriyasida 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston va Eron ishtirokidagi hal qiluvchi bahs 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar