
"Manchester Siti" o‘z maydonida London klubi darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi (video)
Angliya premer-ligasining 19-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni qabul qildi.
“Etixad”dagi o‘yin gollarga boy kechdi va unda 4:0 hisobida “shaharliklar”ning qo‘li baland keldi. Shu kuni “Siti” safida Jon Stounz (26', 68'), Ilkay Gyundogan (56') va Raxim Sterling (88') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar