
“Manchester Siti” oltita o‘yinchi oladigan bo‘ldi
“Manchester Siti” rahbariyati muvaffaqiyatsizliklardan xulosa chiqargan holda tarkibni kuchaytirishga qaror qildi.
“Shaharliklar” qishki va yozgi transferlar davomida jami olti nafar yangi ijrochini xarid qilishni rejalashtirmoqda.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, dastlabki ikki nomzod ma’lum. Birinchisi – “Atalanta”ning 25 yoshli yarim himoyachisi Ederson. Agar manchesterliklar bu futbolchini yanvarda qo‘lga kirita olmasa, transfer yozga qoldiriladi.
Ikkinchi nomzod “Real Sosedad” o‘yinchisi Martin Subimendi. Ispaniyalik futbolchi “shaharliklar”ning qiziqishi borligidan xabardor. Lekin Martin “Siti”da o‘z hamyurti Rodrining o‘rinbosari bo‘lib qolib ketishni istamayapti.
Klub mutasaddilariga jamoani kuchaytira oladigan futbolchilarni topish va ular haqidagi tahlil ma’lumotlarini rahbariyatga taqdim qilish vazifasi yuklatilgan.
Fikrlar