"Manchester Siti" MYu sobiq futbolchisini Sanega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda

  • 29 iyun, 2020, 18:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" "Byornli" yarim himoyachisi Duayt MakNil xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Tecno

ESPN nashriga ko‘ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola 20 yoshli futbolchini Leroy Sanening o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Siti" germaniyalik xavbek transferi masalasida "Bavariya" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, MakNil "Manchester Yunayted" akademiyasi vakili hisoblanadi. U 2014 yilda Manchesterdan "Byornli" yoshlar terma jamoasiga ko‘chib o‘tgan.

Joriy mavsumda MakNil APL doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 gol va 6 golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!