"Manchester Siti" muxlislari: "Husanovsiz Gvardiola chempionlikka erisha olmaydi!"

  • 5 dekabr, 19:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" muxlislari "Fulxem"ga qarshi uchrashuvda portugaliyalik Mateus Nunesning o‘yinidan qattiq norozi bo‘lishdi va uning o‘rniga o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni asosiy tarkibga qayta kiritishni talab qilishdi.

Tecno

Angliya Premer-ligasining 14-turida "Manchester Siti" safarda "Fulxem"ni 5:4 hisobida mag‘lub etdi. Bir gollik farq bilan qo‘lga kiritilgan g‘alabadan keyin "Siti" muxlislari Nunesning o‘yinidan rozi bo‘lishmadi. Uning xatolari va keraksiz yo‘qotishlari ikki o‘yindan beri jamoaga jiddiy muammo tug‘dirayotgani ta’kidlandi.

Ayrim muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda bosh murabbiy Pep Gvardiolaga murojaat qilib, Nunesni zaxiraga o‘tkazish va Husanovni asosiy tarkibga qaytarishni so‘rashdi:

"Mateus Nunes asosiy o‘ng himoyachi bo‘lsa, siz chempionlikni qo‘lga kirita olmaysiz", — deb yozdi muxlislardan biri.

Yana bir ishqiboz shunday murojaat qildi:

"Pep, iltimos, Husanovni asosiy tarkibga qaytarishing uchun yana nima bo‘lishi kerak? Men Nunesdan charchadim. Raqiblar uni osongina aldab o‘tishmoqda".

Uchrashuvdan so‘ng yana bir norozi muxlis quyidagicha fikr bildirdi:

"Mateus Nunes ikkinchi taymda haqiqiy qiynoqqa duch keldi. "Siti"ga shoshilinch ravishda Husanov kerak. Nunes juda yomon o‘ynadi".

Ma’lumot o‘rnida, 14 turdan so‘ng "Manchester Siti" 28 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa etakchi "Arsenal"dan 5 ochko orqada.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoamiz himoyachisi hisoblangan Abduqodir Husanov "shaharliklar" tarkibida so‘nggi bor "Bayer"ga qarshi Chempionlar ligasi doirasidagi to‘qnashuvda ishtirok etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!