"Manchester Siti" Leau uchun juda katta summa taklif qilmoqchi

  • 5 avgust, 00:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishni istamoqda. "Fichajes" nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis "Milan" vineri Rafael Leauni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" 26 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun 100 million evro atrofida taklif tayyorlamoqda. "Milan" Leau bilan xayrlashishni istamasa-da, bunday yirik miqdordagi taklif klub rahbariyatini o‘ylantirib qo‘yishi mumkin.

Rafael Leao of AC Milan scores his team's sixth goal during the match between Perth Glory and AC Milan at HBF Park on July 31, 2025 in Perth,...

Leauni Gvardiola bilan ishlash imkoniyati ham qiziqtirishi aytilmoqda. Leau "Milan" safida 260 o‘yin o‘tkazib, 70 ta gol urgan va 62 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!