"Manchester Siti" Keyn uchun "operatsiya"ni davom ettiradi

  • 18 sentabr, 2021, 15:08
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" kelasi yozda Xarri Keynni sotib olish uchun urinishlarini yana davom ettirish niyatida.

Tecno

"Shaharliklar" rahbariyati kelasi yozgacha futbolchi uchun "Tottenxem"ga bir qator takliflar bilan murojaat qilib ko‘radi. Ammo ushbu transferning amalga oshmay qolish ehtimoli ham yo‘q emas.

Keynning "shporlar" bilan yangi shartnoma imzolashi haqidagi xabarlar  rejalarni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Turli mish-mishlarga ko‘ra Keyn o‘ziga kompensatsiya miqdori oshiriladigan bo‘lsa, yangi shartnoma imzolashga rozi bo‘ladi.

Shuningdek, "Tottenxem" xo‘jayini Daniel Levi ham hamon jamoa etakchisi bilan xayrlashmoqchi emas. Eslatib o‘tamiz, Keynning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!