"Manchester Siti" Kanselu borasida Saudiya klubi bilan kelishib oldi

  • 27 avgust, 2024, 06:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Siti"ga tegishli bo‘lgan Joau Kanselu Saudiyaning "Al-Hilol" jamoasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Klublar ushbu transfer borasida kelishib olishdi. 

Fabritsio Romano xabar berishicha, riyodliklarga mazkur xarid uchun 25 million evro sarflaydi. Himoyachining o‘ziga esa 15 million evrolik taklif bilan chiqdi. Kanselu esa hali so‘nggi javobini aytgani yo‘q.

30 yoshli fulbekni qo‘lga kiritishni "Barsa" ham istaydi, degan mish-mishlar yo‘q emas, lekin Ispaniya klubining ayni paytdagi holati ushbu transferni amalga oshmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Joau o‘tgan mavsumni kataloniliyaliklar safida o‘tkazdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!