"Manchester Siti" Jezusning maoshini ikki barobar oshiradi

  • 23 noyabr, 2020, 10:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" rahbariyati braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

Tecno

Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “shaharliklar” 23 yoshli futbolchiga uzoq yillik shartnoma taklif qilmoqchi va uning maoshini ikki barobarga oshirmoqchi. Ta’kidlash kerakki, tomonlarning ayni damdagi kelishuvi 2023 yilga qadar imzolangan.

Jezus joriy mavsum APLda jami 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urishga erishdi. Uning transfer narxi 60 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!