
"Manchester Siti" jamoa sardori bilan shartnoma uzaytirmaydi
"Manchester Siti"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Bernardu Silvaning kelajagi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Diario AS nashrining xabar berishicha, "Manchester Siti" 31 yoshli futbolchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirmasa kerak, bu esa unga kelasi yozda jamoani erkin agent sifatida tark etish imkonini beradi.
Xavbekka Italiyaning "Yuventus" va Portugaliyaning "Benfika" klublari qiziqish bildirmoqda.
Bernardu Silva 2017 yilda "Manchester Siti" futbolchisiga aylangan. U joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasida uchta o‘yinda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlar qayd etmadi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Silvaning narxi 38 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar