“Manchester Siti” Husanovni “Barselona”ga transfer qilishga tayyor!

  • 24 aprel, 08:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ning qatorasiga beshta uchrashuvida maydonga tushirilmagani o‘zbek legionerining klubdagi kelajagi borasida turli ma’lumotlarning tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarda “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 21 yoshli futbolchi Evropa futboli tempiga ko‘nikishi va tajriba to‘plashi uchun uni ijaraga yuborishga qaror qilgani, klub mutasaddilari sotib yuborishni ko‘zlayotgani haqida xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.

Tabiiyki, Abduqodir Husanov darajasidagi o‘yinchi ishsiz qolmaydi. Bu xabarlar ortidan o‘zbekistonlik markaziy himoyachiga Angliya, Germaniya, Ispaniya va Italiyadan turli klublar qiziqa boshlagani haqida ham ma’lumotlar chiqyapti.

Evropa futbolini yoritayotgan bir necha manbalar “Manchester Siti” Abduqodir Husanovni markaziy himoyachiga ehtiyoj sezayotgan “Barselona”ga taklif qilgani haqida yozdi.

- Ispaniyadagi nufuzli manbalar Xosep Gvardiola “Barselona” mutasaddilariga yozda 21 yoshli Abduqodir Husanovni 40 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olishni taklif etganini ma’lum qildi.

“Manchester Siti” aprel oyidan tarkibda ko‘rinmay qolgani himoyachi transferidan qoniqish hosil qilgani yo‘q va klub agar qishda bu futbolchi uchun sarflangan mablag‘ni qaytarish imkoni bo‘lsa, uni sotib yuborishga tayyor.

Yosh futbolchi “Siti”da yuzaga kelgan vaziyatdan norozi. U ham o‘z agentlariga vaziyatdan chiqish uchun boshqa klublar bilan bog‘lanishni so‘ragan.

Husanovning xizmatlari taklif qilingan klublardan biri aynan “Barselona” bo‘ladi. Ushbu klub markaziy himoyasiga mo‘ljallangan futbolchilar orasida “Bayer” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Jonatan Ta asosiy da’vogar bo‘lsa-da, kataloniyaliklar yangi chiqqan yosh yulduzning jamoaga kelishini inkor qilgani yo‘q. Aksincha, Joan Laporta va Deku “Manchester Siti” o‘yinchisini olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, - deb yozdi football365.com sayti eksperti Jo Uilyams.

Ta’kidlash joizki, “Manchester Siti”da o‘z o‘yinchilarini “Barselona”ga o‘tkazish tajribasi bor va bu variant ilgari ham ish bergan.

Xususan, 2021 yilning dekabrida Xosep Gvardiola hujumkor futbolchisi Ferran Torresni “Barselona”ga  taklif qilgan va oradan yarim mavsum o‘tib, bu transfer rasman amalga oshirildi.

Ikkinchi holat Ilkay Gyundog‘an bilan bog‘liq. 2023 yili germaniyalik futbolchi “shaharliklar” bilan shartnomasiya kunlanganidan keyin Xosep Gvardiola tavsiyasi bilan bir yil “Barselona”da o‘ynab keldi va yana “Siti” safiga qaytdi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” joriy yilning 20 yanvar kuni Frantsiyaning “Lans” klubidan Abduqodir Husanovni 40 million evro evaziga transfer qildi. O‘zbekistonlik markaziy himoyachining manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha tuzilgan.

Garchi Evropa manbalari Husanovning klubdagi kelajagiga oid turli mazmundagi ma’lumotlarni tarqatayotgan bo‘lsa-da, “Manchester Siti” rasmiy sayti Abduqodir Husanov jamoa tarkibida mashg‘ulotlarda zo‘r berib ishlayotgani va kayfiyati ko‘tarinki ekani ko‘rinib turgan suratlar va videolarni e’lon qilmoqda.

Demak, vaziyatga to‘liq oydinlik kiritilgunicha Abduqodir Husanov atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etamiz...

Bo‘sh kelma, Husanov! Abduqodir “Barsa” va “Arsenal” yulduzlarini dog‘da qoldirdi!

Shomurodov bir gol bilan “Roma”ning mavsum rekordini o‘rnatdi. Navbat tarixiy rekordga!

Shomurodov urgan golning qiymati baland bo‘lib chiqdi!

O‘zbekistonlik “iblis”! Ekspertlar Shomurodovga yana qanday ta’rif berishyapti?

Shomurodovga fanatlar yangi talab qo‘ydi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
24/04/2025 21:07
Bugun ikkinchi marta chiqarildi bu maqola sports. Uzda
&
Азизжон
24/04/2025 09:25
Мана янгилик
Is'hoqjon Ro'ziyev
24/04/2025 08:39
Barselona-b ga o'tmasa bo'ldi