“Manchester Siti” Husanovga jiddiy raqobatchi olib keladi

  • 14 dekabr, 09:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliga chempioni “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanib borayotgan frantsiyalik markaziy himoyachisi Deotshankyul Upamekano Evropaning bir qator grandlari nazariga tushgan.

Tecno

27 yoshli futbolchi uchun kurashga Angliyaning ikki grand klubi – “Manchester Siti” va “Chelsi” ham qo‘shildi.

Jurnalist Grem Beyli X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, har ikki klub transfer bo‘yicha harakatlarni boshlab yuborgan.

Upamekano bu ikki klubdan tashqari, “Real”, “Pari Sen-Jermen” va “Liverpul”ning ham transferlar ro‘yxatidan joy olgan.

“Bavariya” rahbariyati esa, tajribali himoyachini klubda qolishga ko‘ndirishga urinyapti.

“Manchester Siti” tarkibida eng katta raqobat himoya markazida yuzaga kelgan. Odatda, aynan mana shu pozitsiyada o‘ynashi kerak bo‘lgan Abduqodir Husanov ham joy tegmayotgani bois o‘ng qanot himoyachisi vazifasiga ixtisoslashishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shunga qaramay, Xosep Transfermarkt portali tomonidan 60 million evroga baholangan markaziy himoyachini erkin agent maqomida bepul olish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmoqchi emas.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!