"Manchester Siti" himoyani kuchaytirgani ikkita futbolchi topib qo‘ydi

  • 24 iyun, 16:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" o‘z tarkibini kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. Bir nechta transferlarni amalga oshirgan "shaharliklar" endilikda o‘ng qanot himoyachini asosiy tarkibga jalb qilishmoqchi.

Tecno

The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Siti" radarida ikki futbolchi bor. Ular "Nyukasl" klubi a’zosi Tino Livramento va Braziliyaning "Flamengo" jamoasidan Uesli Vinisius.

Transfermarkt'ning nufuzli mutaxassislari tomonidan 22 yoshli Livramento 40 million evroga baholanmoqda, 21 yoshli Ueslining qiymati esa 20 million evroga teng.

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 3-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuvini 26 iyun "Yuventus"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!