
"Manchester Siti" himoyachisi bilan shartnomasini uzaytirdi
"Manchester Siti" klubi matbuot xizmati jamoa himoyachisi Ruben Diash bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Futbolchining klub bilan yangi kelishuvi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.
Hozirda portugaliyalik himoyachi 28 yoshda, u "shaharliklar" safida 2020 yilning sentyabridan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsumda bir nechta o‘yinlarda "Manchester Siti" sardori sifatida maydonga tushdi. Umuman olganda, Diash 2024/2025 yilgi mavsumda "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va gol yoki assist qayd etmadi.
"Shaharliklar" o‘tgan mavsumni Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinda yakunladi. Yangi mavsumni Xosep Gvardiola jamoasi "Vulverhempton"ga qarshi o‘yin (4:0) bilan boshladi.
Fikrlar