
“Manchester Siti” himoyachisi jarohatidan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytdi
“Manchester Siti” himoyachisi Benjamin Mendi uzoq tanaffusdan so‘ng yana mashg‘ulotlarga qaytdi, deb xabar beradi The Mirror.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Mendi o‘tgan yilning noyabridan buyon jarohati sababli klub mashg‘ulotlarida ishtirok eta olmayotgandi. Nihoyat, futbolchi asosiy jamoa bilan shug‘ullanishni boshlab yubordi.
Mendi esa bugun “Fulxem”ga qarshi APLning navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
Fikrlar