"Manchester Siti" himoyachi transferi ustida ishlamoqda

  • 2 iyun, 19:18
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi 23 yoshli himoyachi Rayan Ait-Nurining transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi. Ayni paytda "shaharliklar" na "Vulverxempton", na futbolchining o‘zi bilan yakuniy kelishuvga erishmagan bo‘lsa-da, tomonlar yaqin orada bitim amalga oshishiga ishonmoqda.

Tecno

Shuningdek, Ait-Nuri "Manchester Yunayted" uchun ham chap qanot himoyasini kuchaytirishda asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. 

Jazoirlik himoyachi o‘tgan, ya’ni 2024/25-yilgi mavsumda APLda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma berdi. Uning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!