"Manchester Siti" himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi

  • 5 dekabr, 16:57
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Football Insider"nashri bergan xabarlarga ko‘ra, "shaharliklar" kelasi mavsumda "burgutlar" bilan shartnomasi yakunlanadigan himoyachini tarkibga qo‘shib olmoqchi. Ta’kidlanishicha, manchesterliklar Gexini Stounzga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Angliyalik futbolchi uchun "Liverpul" ham jiddiy kurashishi tabiiy. Sababi mersisaydliklar yozda himoyachi bilan shartnoma imzolashga ulgurmay qolgan va kelasi yilda yana harakat qilishi kutilmoqda. "Manchester Siti" 25 yoshli futbolchi uchun qishki transferlar bozorida 40 million evrodan voz kechishga tayyor.

Ma’lumot uchun, himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 22 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!