“Manchester Siti” har bir o‘yinda gol uradigan hujumchi topdi

  • 16 aprel, 06:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” skautlar klub rahbariyatiga “Pari Sen-Jermen”ning yoshlar jamoasida o‘ynayotgan Mamadu Sangareni olishni tavsiya qilmoqda.

Tecno

RMC Sport nashri jurnalisti Fabris Xoukinsning yozishicha, 18 yoshli hujumchining harakatlari “shaharliklar”ga ma’qul kelgan va manchesterliklar bu o‘yinchi transferini yozda amalga oshiradi.

Mamadu Sangarening parijliklar bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi va Angliya grandi yosh o‘yinchini erkin agent sifatida bepul transfer qilishi mumkin.

Rejaga ko‘ra, “Manchester Siti” Mamadu Sangare bilan hamkorlik shartnomasini imzolaganidan keyin uni Frantsiyaning boshqa jamoasi – “Trua”ga ijaraga beradi. Chunki “Trua” bir necha jamoalarni birlashtirgan  City Football Group xoldingi tarkibiga kiradi.

“Manchester Siti” esa, bu xoldingning bosh jamoasi hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, Mamadu Sanage joriy mavsumda PSJning yoshlar jamoasida 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga o‘nta gol va ikkita golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!