
"Manchester Siti" futbolchisi "Tottenxem"ga o‘tadi
"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “shporlar” tez orada 26 yoshli angliyalik futbolchini ijaraga oladi.
Stounz o‘tgan mavsum “Manchester Siti” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. Uning transferi esa 36 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar