"Manchester Siti" futbolchisi ortga qaytmasligi mumkin

  • 14 aprel, 2021, 20:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni "Sporting" safida ijarada o‘tkazayotgan "Manchester Siti" xavbeki Pedro Porro yana Portugalida qolishi mumkin. Bu haqda Goal.com nashri xabar bermoqda.

Tecno

Gap shundaki, 21 yoshli ispaniyalik futbolchining o‘yinlari lissabonliklarga ma’qul kelib qolgan.  Shu bois “Sporting” rahbariyati “Siti”dan Pedroning transferini to‘liq sotib olishga qaror qilgan va buning uchun 8,5 mln evro to‘lashga tayyor.

"Sporting" Porroni 2020 yilning yozida “Manchester Siti”dan 2 yilga ijaraga olgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvda futbolchini to‘liq sotib olish haqida band ham kiritilgan. Porroning APL klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.

Pedro Porro joriy mavsum “Sporting” safida jami 32 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu o‘yinlarda 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!