"Manchester Siti" Fodenga umrbodlik shartnoma taklif qilmoqchi
Angliyaning "Manchester Siti" klubi yarim himoyachi Fil Fodenni butun karerasi davomida o‘z safida saqlab qolish maqsadida unga umrbodlik shartnoma taklif etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar berdi.
Manbada yozilishicha, 25 yoshli futbolchiga taklif qilinadigan shartnoma shartlari hali oshkor etilmayapti. Shartnoma to‘liqlikicha yaqin kunlarda oshkor bo‘lishi kutilmoqda. Filning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchi "Siti" safida 2017 yildan beri harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida Foden 337 ta uchrashuvda maydonga tushib, 108 ta gol va 64 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar