"Manchester Siti" Fernandinoga o‘rinbosar topib qo‘ydi

  • 6 may, 2021, 13:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Vest Xem” klubi yarim himoyachisi Deklan Rays mavsumlar oralig‘ida premer-liganing boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin.
22 yoshli futbolchiga “Manchester Siti” jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

“Shaharliklar” Raysni shu yoz shartnomasi tugaydigan yarim himoyachi Fernandino o‘rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda. 36 yoshli braziliyalik futbolchi “Manchester Siti”da 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Rays joriy mavsum APLda 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt portali uning transferini 60 million evroga baholamoqda.

Fernandino “Manchester Siti” safida joriy mavsum jami 29 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda 1 ta golga assistentlik qildi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!