
"Manchester Siti" Felishni qo‘lga kiritish uchun Jezusni "qurbon" qilmoqchi
"Manchester Siti" klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘zining braziliyalik forvardi Gabriel Jezusni sotib yuborishga tayyor. Bu haqda A Bola nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shaharliklar” “Benfika” hujumchisi Joau Felishni sotib olishga etarli mablag‘ topish uchun Jezusni transferga qo‘yishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, lissabonliklar 19 yoshli portugaliyalik futbochini 115 mln evroga baholashmoqda.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli Jezus joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi va 19ta gol hamda 5ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Felish esa 41ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 18ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar