"Manchester Siti" etakchilaridan biri qishdi jamoani tark etishi mumkin
"Benfika" prezidentligi uchun kurashayotgan portugaliyalik tadbirkor Joau Lopesh "Manchester Siti"ning 31 yoshli yarim himoyachisi Bernardu Silvani Lissabon klubining asosiy transfer maqsadi sifatida belgilab qo‘ydi. Bu haqda Record xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Lopesh allaqachon Silva bilan chuqur muzokaralar olib bormoqda. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik futbolchi uchun shartnoma tayyorlangan va u yanvarda imzolanishi mumkin.
Silva "Manchester Siti" safida 2017 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida yarim himoyachi barcha musobaqalarda 410 ta o‘yinda maydonga tushib, 72 ta gol va 73 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 38 mln evroni tashkil etadi.



Fikrlar