"Manchester Siti" De Yong uchun qancha bermoqchi?

  • 2 iyul, 2023, 23:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi mazkur yozda katta transferlar amalga oshirishni reja qilgan. Ammo moliyaviy ahvol sabab hali katta xaridlar bo‘lmadi. Shunday ekan, kataloniyaliklar safidan asosiy tarkib futbolchisi tark etishiga to‘g‘ri keladi. Avvalroq, klub De Yong bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqayotgani haqda mish-mishlar tarlqalgandi

Tecno

"The Sun" nashri ma’lum qilishicha, "Manchester Siti" niderlandiyalik yarim himoyachi uchun kurashda bor va klub ushbu transferga 100 million evro to‘lashga tayyor. 

De Yongning o‘zi "Barsa"da qolishni istamoqda. Unga o‘tgan yozda ham bir nechta jamoalardan qiziqishlar bo‘lgandi. "Manchester Yunayted" asosiy favoritlar qatorida turgan, lekin Frenki hech qaerga ketishni xohlamadi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!