
"Manchester Siti" chempionat autsayderi bilan ochkolarni bo‘lishib oldi
Angliya Premer-ligasi 13-turida "Manchester Siti" "Vest Bromvich" bilan bahs olib borib, 1-1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
O‘yin "shaharliklar"ning hujumlari ostida o‘tdi, albionliklar esa jarima zarbalari va qarshi hujumlarga tayanib harakat qilishdi.
O‘yinning 30-daqiqasida Ilkay Gyundogan Raxim Sterlingning pasidan so‘ng to‘pni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. 43-daqiqada Sami Ajayining kuchsiz zarbasi Ruben Diashga tegib darvozaga borib tushdi. Qolgan daqiqalar mobaynida Xosep Gvardiola shogirdlari ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldi, lekin uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi.
Durangdan so‘ng, "Siti" 12 o‘yinda 20 ochko to‘plab 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi, "Vest Bromvich" esa 13 bahsda 7 ochko bilan 18-o‘rindagi "Fulxem"ga yaqinlab oldi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar