
“Manchester Siti” bu o‘yinchini ketkazib xato qilgan
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zi boshqaruvni qo‘lga olganidan buyon qaysi futbolchining ketishi xato bo‘lgani haqidagi savolga javob berdi.
- Men hech qanday ikkilanishlarsiz Xesus Navas, degan bo‘lardim. Bu futbolchi biz bilan uzoqroq muddat qolishi kerak edi, - dedi ispaniyalik bosh murabbiy.
Xesus Navas “Sevilya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bu jamoadagi professional faoliyatini 2004 yili boshlagan o‘ng qanot himoyachisi 2013 yili “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tdi. “Shaharliklar” safida to‘rt yil to‘p tepganidan keyin Navas qadrdon jamoasiga qaytib ketdi.
“Manchester Siti”ga 2016 yili bosh murabbiy etib tayinlangan Xosep Gvardiola Xesus Navas bilan bir yil birga ishladi.
Xesus Navas faoliyatini 2025 yilning yanvarida yakunladi. U klublar miqyosida 888 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 47 ta gol va 156 ta assist yozdirib qo‘ygan.
Ispaniya terma jamoasi safida 56 marta maydonga tushib, 5 ta gol urgan himoyachi 2010 yili jahon chempioni, 2012 va 2024 yillarda Evropa chempionatlari g‘olibi va 2023 yili UEFA Millatlar ligasida bosh sovrin sohibi bo‘lgan.
Fikrlar