
“Manchester Siti” arzon futbolchilarini 130 million evrolik yulduzga alishmoqchi
“Manchester Siti” mutasaddilari Bundesliganing eng yorqin o‘yinchilaridan Florian Virtsni jamoaga qo‘shib olish yo‘llarini qidirmoqda.
Ayni paytda “Bayer”da o‘ynayotgan 21 yoshli hujumkor futbolchiga Evropaning bir necha grand klublari da’vogarlik qilmoqda.
Xususan, “Real” bu futbolchini Ispaniyaga olib ketmoqchi bo‘lyapti, “Bavariya” esa yangi loyihani aynan Virtsni olib kelib, uning atrofida qurishni reja qilgan.
Bu orada “shaharliklar” Virtsning transfer summasini arzonlashtirishga urinmoqda. Ular shartnomaga ikki o‘yinchisini qo‘shishga tayyor. “Manchester Siti” mutasaddilari Leverkuzen klubi xo‘jayinlariga Oskar Bobb yoki Jeysm Makeytani olishni so‘rayapti.
Bobb 25 million, Makeyta esa 12 million evroga baholangan. Florianning transfer narxi 130 million evroni tashkil qiladi va bu summa o‘sishda davom etmoqda.
Bundesliga chempioni Angliya chempionining bu taklifiga hali javob qaytargani yo‘q.
Fikrlar