"Manchester Siti" APLda g‘olib chiqqani uchun qancha oladi?

  • 28 may, 2023, 16:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" APLda g‘olib chiqqani uchun rekord darajadagi to‘lovlarni oladi.

Tecno

Jamoa bu mavsumda 166 million funt atrofida oladi, bu liga tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Pep Gvardiola jamoasi o‘tgan mavsumda 153 million funt ishlab topdi.

Ushbu chempionatda xorijiy telekompaniyalar bilan takomillashtirilgan teleshartnomalar kuchga kirishi munosabati bilan summa oshadi.

Klublarning pul mukofotlari bir nechta elementlardan, xususan, jadvaldagi o‘ringa qarab mukofotlarning umumiy summasidan pul, televidenie shartnomalari bo‘yicha daromadlar, tijorat to‘lovlaridan iborat.

Umuman olganda, mavsum yakunida premer-liganing barcha klublari taxminan 2,7 milliard funt sterling olishi kutilmoqda.

APL jadvalida so‘nggi 20 o‘rinni egallab turgan "Sautgempton" 102,5 million funt sterling oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!