
"Manchester Siti" angliyalik himoyachisiga yangi shartnoma tayyorlayapti
"Manchester Siti" markaziy himoyachi Jon Stounzga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
30 yoshli futbolchi jarohatlar sabab yaxshi o‘yin ko‘rsata olmayapti. Ammo "shaharliklar" rahbariyati angliyalikni kelajak futbolchisi sifatida ko‘radi va uni muhim figura deb hisoblaydi. "GiveMeSport" nashri xabariga manchesterliklar Stounzga tez orada yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Amaldagi kelishuv 2026 yilning yozida tugaydi.
Joriy mavsumda markaziy himoyachi 11 marta maydonga tushib, uchta gol urdi. Jon 2016 yildan beri Manchester grandi sharafin himoya qilib kelmoqda ("Everton"dan 55,6 million evroga sotib olingan).
Fikrlar