"Manchester Siti" - "Real" va "Yuventus" - "Lion" uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar e’lon qilindi

  • 5 avgust, 2020, 16:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA 7 avgust kuni bo‘ladigan Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsidan o‘rin olgan 2 ta bellashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, "Manchester Siti" va "Real" (birinchi o‘yin - 2:1) qarama-qarshiligi germaniyalik Feliks Brixga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda hamyurtlari Mark Borsh va Shtefan Lupp yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa Daniel Zibert ishlaydi.

E’tiborlisi, "Yuventus" - "Lion" (dastlabki o‘yin - 1:0) o‘yinini ham germaniyalik hakamlar boshqaradigan bo‘ldi. Bosh hakam Feliks Tsvayer, qanotlarda esa Torsten Shiffner va Marko Axmyuller harakat qiladi. Zaxirada gretsiyalik referi Tasos Sidiropulos bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida nomlari tilga olingan har ikkala bellashuv 7 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!