Manchester jurnalisti Husanov transferining e’lon qilinish muddatini oshkor qildi

  • 20 yanvar, 19:31
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" qishki transfer oynasining dastlabki ikki transferini e’lon qilishga tayyorlanmoqda.

Tecno

"Manchester Evening News" jurnalisti Simon Baykovskining xabariga ko‘ra, "shaharliklar" Abduqodir Husanov va Vitor Reis bilan shartnomalarni yakuniy bosqichga olib kelmoqda, ikkala o‘yinchining ham keyingi 24 soat ichida jamoaga qo‘shilishi kutilmoqda.

Yosh himoyachilar juftligi darhol mavsumning ikkinchi yarmidagi tarkibga qo‘shiladi. Biroq, ular Chempionlar ligasining birinchi bosqichi uchun ro‘yxatga kiritilmaydi, shu bois ularning ilk o‘yini shanba kuni "Chelsi"ga qarshi uyda o‘tkaziladigan uchrashuvda bo‘lishi mumkin.

Klub Frankfurt hujumchisi Omar Marmush uchun 59 million funt sterlinglik shartnomani yakunlash arafasida turibdi. Misrlik futbolchi juma kuni "Borussiya Dortmund"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmadi. Biroq, muxlislar bilan xayrlashish uchun maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!