
Manba: O‘zbekiston futbol bo‘yicha jahon chempionati mezbonligi uchun ariza topshirmoqchi
Indoneziyadan keyin Peru bu yil jahon chempionati mezbonlik qilish huquqidan mahrum bo‘ldi. FIFA 17 yoshli o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatini ikkinchi bor ushbu mamlakatdan ko‘chirishga qaror qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi. Bu birinchi marta 2019 yilda sodir bo‘ldi, keyin esa turnirga Braziliya mezbonlik qildi.
Peru 2021 yilda 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishi kerak edi, ammo pandemiya bunga to‘sqinlik qildi. Bu safar esa mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat sabab bo‘lmoqda. Kichik mundial 2023 yilning 10 noyabr - 2 dekabr oralig‘ida o‘tkazilishi belgilangandi.
Endi FIFA bir yildan so‘ng ikkinchi turnir mezbonining o‘rniga nomzod topishi kerak bo‘ladi. Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev telegramdagi sahifasida yozishicha, ayni vaqtda, aytishlaricha, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 17 yoshli o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirmoqchi.
Fikrlar