
Manba: Neymar "Barselona"ga qaytadi
PSJ vakili Neymar ushbu yozda o‘z klubini o‘zgartirishi mumkin. U "Barselona"ga qaytadi, deya xabar bermoqda "Mundo Deportivo" nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, bu haqda PSJ va Laportaga yaqin bo‘lgan Mabxout Al-Marri ma’lum qilgan. U avvalroq Messining "Inter Mayami"ga o‘tishini hammadan birinchi e’lon qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017 yilda 222 million evro evaziga "Barsa"dan PSJga ko‘chib o‘tgan. Futbolchi ayni damda Ispaniyada bo‘lib turibdi.
Fikrlar