
Manba: Maunt "Manchester Yunayted" bilan allaqachon kelishib olgan
"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt yozda "Manchester Yunayted"ning transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, mankunianliklar futbolchi bilan muvaffaqiyatli muzokara olib borishgan va mehnat shartnomasi tafsilotlarini allaqachon kelishib olishgan. “Qizil iblislar” yarim himoyachining transfer summasini “aristokratlar” bilan kelishib olishlari kerak. Poytaxt klubi Mauntni sotishdan 70-75 million evro ishlab olmoqchi.
Meyson "Chelsi" akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. 24 yoshli xavbek o‘tgan mavsum APLda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar