Manba: Jeko "Inter"ga o‘tmoqda

  • 12 avgust, 2021, 14:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" hujumchisi Edin Jeko faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist-insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli bosniyalik futbolchi “neradzurrilar” bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Hozirda Jeko yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Milan shahrida bo‘lib turibdi.

"Roma" esa Jeko o‘rniga “Chelsi” hujumchisi Temmi Abraxamni olib kelmoqchi. Ammo bu borada ular "Arsenal" bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Jeko o‘tgan mavsum “Roma” safida A Seriyada 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!