
Manba: Dibala yangi jamoasi bilan kelishuvga erishdi
"Yuventus" sobiq futbolchisi Paulo Dibala A Seriyaning boshqa bir jamoasi bilan kelishib oldi. Bu haqda "Football Italia" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, argentinalik iqtidor egasi "Inter" bilan 4 yillik shartnomaga rozilik bildirgan. Uning maoshi yiliga 8 million evroni tashkil etadi.
Hujumchi faqat rasmiy shartnomaga qo‘l qo‘yishi va tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tishi kerak, xolos. U Milan klubiga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tadi.
Paulo yakunlangan mavsum A Seriyaning 29 o‘yinida 10 gol va 5 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar