
Mana endi "Real"ning "aqli kirdi"
PSJ klubining hujumkor yarim himoyachisi Ashraf Hakimi o‘zi tarbiya topgan “Real”ga qaytishi mumkin. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, "qirollik klubi" rahbariyati marokashlik futbolchini yaqin vaqt ichida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Qaymoqranglilar” 24 yoshli futbolchini Dani Karvaxalga muqobil nomzod deb hisoblamoqda.
Ma’lumot uchun, Ashraf 2006 yildan 2020 yilgacha "Real" safida o‘ynagan. 2020 yilda u "Inter"ga sotib yuborildi va bir mavsum o‘tib PSJga o‘tdi.
Ashrafning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 70 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar