
Malkom "Zenit"ning so‘nggi 2 oydagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Zenit” yarim himoyachisi Malkom jamoaning iyun va iyul oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Braziliyalik futbolchi o‘tgan 2 oy davomida Rossiya premer-ligasida 7 ta va Rossiya kubogida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar