Malkom va Azmunning gollari "Zenit"ga qozoq klubi ustidan g‘alaba keltirdi

  • 17 fevral, 2020, 22:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning amaldagi chempioni hisoblangan Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi Turkiyaning Belek shahrida mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

Piterliklar bugun qo‘shni Qozog‘istonning “Qayrat” klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazishdi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

“Zenit”ning gollariga Malkom, Duglas Santos va Sardor Azmun mualliflik qildi.

"Zenit" (Rossiya) – "Qayrat" (Qozog‘iston) - 3:1

Gollar: Malkom, 25 - 1:0, Nedashkovskiy, 34 - 1:1, Duglas Santos, 67 - 2:1, Azmun, 68 - 3:1.

"Zenit": Lunev (Kerjakov, 46), Duglas Santos, Rakitskiy, Ivanovich, Karavaev, Barrios, Ozdoev (Sergeev, 10; Ozdoev, 46), Sutormin, Malkom, Dzyuba, Azmun.

Chetlatish: Ozdoev (8).

Eslatib o‘tamiz, "Zenit" ayni damda Rossiya premer-ligasida 45 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!