Malkom operatsiyaga yotqizildi. U qishgacha o‘ynamaydi

  • 10 oktabr, 2019, 13:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit" yarim himoyachisi Malkom operatsiyaga yotqizildi.

Tecno

"So‘nggi tekshiruv natijalari, Evropa va Rossiyaning etakchi tibbiy markazlari bilan maslahatlashuv natijalariga ko‘ra, "Zenit" tibbiy xodimlari o‘yinchini operatsiya qilishga qaror qilishdi.

Jarayon muvaffaqiyatli o‘tdi. Bugun Malkom Finlyandiyadan Sankt-Peterburgga qaytmoqda. U erda braziliyalik futbolchi individual dastur bo‘yicha tiklanadi,” - deyilmoqda Zenit bayonotida.

Malkom chap oyoqning son qismidan jarohat olgan. Dastlab jarohat unchalik jiddiy deb hisoblanmagan, shuning uchun klub jarrohlik amaliyotisiz davolanishga umid qilgan. Ammo ijobiy dinamika kuzatilmagani uchun operatsiyani o‘tkazishga qaror qilindi.

Futbolchining safga qaytishi taxminan 2 oyni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Malkom avgust oyida "Barselona"dan "Zenit"ga 40 mln evro evaziga transfer qilingan edi. Sankt-Piterburgliklar safida ikkita uchrashuv o‘tkazishga ulgurdi. RPLning 5-turida "Dinamo" (2:0) ga qarshi bahsda jarohat olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!