
Malkom "Lion"ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi
Mavsumlar oralig‘ida “Barselona”dan “Zenit”ga ko‘chib o‘tgan vinger Malkom bugun UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich ilk turidan o‘rin olgan “Lion”ga qarshi safar uchrashuvida ishtirok etolmaydi.
Piterliklar bosh murabbiyi Sergey Semakning so‘zlariga ko‘ra braziliyalik futbolchi jamoa bilan birga Frantsiyaga uchib ketmagan.
Eslatib o‘tamiz, Malkom avgust oyi o‘rtalarida jarohat olgan edi. Shifokorlar esa o‘shanda uni taxminan 6 hafta maydonga tusholmasligini aytishgan.
Ma’lumot uchun, “Lion” – “Zenit” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:55 da boshlanadi.
Fikrlar