
Malayziyada VAR tizimi bo‘yicha hakamlarni tayyorlashga bag‘ishlangan seminar yakuniga etdi
Avval xabar berib o‘tganimizdek, Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida VAR tizimi bo‘yicha hakamlarni tayyorlashga bag‘ishlangan OFK seminarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda O‘zbekistondan uch nafar hakam - Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev va Aziz Asimov ishtirok etishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Seminar ishtirokchilari bilan VAR tizimini amalda qo‘llash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Mazkur seminarda instruktor sifatida Devid Ellerey (Angliya), Ali Al-Traiyi (Saudiya Arabistoni), Subhiddin Mohd Solih (Malayziya), Xani Ballan (Qatar) bilan birgalikda o‘zbekistonlik Farhod Abdullaev ham faoliyat olib bordi.
Fikrlar